«Ilxom parisi» (sheʼr)

Qaylardasan, ilxom parisi?,
Nega mendan ketgansan yiroq?.
Sheʼr bitmoqchi edim, sirasi,
Urinishim — bexuda biroq.

Buncha ilxaq qilding odamni,
Seni qaydan qidiray axir.
Kezib chiqsam xamki olamni,
Topolmasman, seni baribir.

Chunki seni yaratar inson,
Buni kechroq tushundim, netay.
Men xam seni yaratib, bu on,
Dil soʼzlarim — qogʼozga bitay!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF