Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatchi Aleksey Navalniyni Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan zaharlangani yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvga munosabat bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Berlin klinikasidagi o‘sha bemorga kelsak, men ko‘p marta aytganman, faqat ba’zi narsalarni takrorlashim mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Kecha Peskov menga bu haqdagi so‘nggi uydirmalar va bizning maxsus xizmatchilarimiz ma’lumoti haqida xabar berdi. Bu qandaydir tergov emas, bu Amerika maxsus xizmatlarining materiallarini legallashtirish. Bizning maxsus xizmatlarimiz buni biladi va ma’qul topsa, telefondan foydalanadi”, — degan u.

Putinning fikricha, “Berlin klinikasidagi bemor” Amerika maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi, Rossiya maxsus xizmat xodimlariga esa uni o‘ldirishga hojat yo‘q edi.

“U kimga kerak o‘zi? Agar (zaharlashni) xohlaganimizda, ish oxiriga yetkazilardi”, — degan Putin.

“Keng ommada e’tibor berilmaydigan, ammo muhim bo‘lgan bir narsa bor. Ya’ni hiyla bilan hukumatning birinchi odamlarga hujum qilish va shu tariqa — buni amalga oshiruvchilar uchun — ma’lum darajaga ko‘tarilib, ‘e’tibor bering, bu mening sherigim’ deyish. Va shu orqali men ham shu inson darajasidagi odamman, menga ham shu kishiga o‘xshab umummilliy shaxs sifatida qarang, deyish. Bu mashhur… siyosiy kurashning hiyla-nayranglari butun dunyoda qo‘llaniladi. Ammo, mening fikrimcha, odamlarning hurmat va e’tirofiga erishish uchun bu usuldan foydalanmaslik kerak.

O‘z qurbingizni aniq bir ish yoki muayyan davlatda, ayni holatda bizning mamlakatimizda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aniq bir dastur bilan isbotlashingiz lozim. Shuning uchun men amaldagi hukumatga qarshi bo‘lgan barcha muxoliflarimizni, umuman, mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni o‘zlarining shaxsiy ambitsiyalari bilan emas, balki Rossiya fuqarolari manfaatlariga tayanib, ish ko‘rishga chaqiraman. Mamlakat oldida turgan muammolarni ijobiy hal qilish yo‘lini taklif qilish lozim. Muammolar esa talaygina”, — degan Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 14-dekabr kuni Navalniyning zaharlangani bo‘yicha The Insider, Bellingcat va CNN’ning Der Spiegel ishtirokida hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilingan, tergov mualliflari siyosatchiga suiqasdni Tomskda FSB kriminalistika instituti niqobi ostida harakat qilgan FSB maxfiy bo‘limining 8 nafar tezkor xodimi tomonidan amalga oshirilgan, degan xulosaga kelgandi. Navalniyning o‘zi bu ish prezident Vladimir Putinning buyrug‘i bilan amalga oshirilganiga ishonchi komilligini aytgan.

Rossiya hukumati Aleksey Navalniyga qilingan suiqasdga aloqadorligini avvalroq bir necha bor rad etgan, shuningdek, siyosatchi zaharlanishi faktini shubha ostiga olgan.

От qwert.uz