AQSh prezidenti Donald Tramp yangi saylangan prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi kuni Oq uyni tark etishdan bosh tortishini ma’lum qildi. Bu haqda Trampning ismini oshkor etmagan maslahatchilariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Getty Images

CNN telekanalida qayd etilishicha, bu haqda mamlakat rahbari “chuqur e’tirozlar” vaqtida ma’lum qilmoqda. “U jazava chegarasini uyushtiryapti. Aslida u ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deydi ulardan biri  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Baynenning inauguratsiya marosimi 2021-yilning 20-yanvar sanasiga mo‘ljallangan.

Avvalroq AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini ochiqchasiga tan olish niyatida emasligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr boshida Tramp saylovlar halol bo‘lgan taqdirdagina mag‘lubiyatini tan olishini bildirgandi. “Men saylovda mag‘lub bo‘lishga qarshi emas, balki u adolatli bo‘lishini xohlayman. Istamaydigan narsam shuki, saylovlar Amerika xalqidan o‘g‘irlab olinmasin”, — dedi Tramp. Keyinroq AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp 2024-yilda davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi. Oq uy esa Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan demokrat Jo Baydenga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishini ishonch bilan ta’kidlagandi.

От qwert.uz