Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirib, aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million metr kub tanqislik mavjud. Bu haqda ayni paytda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Gaz tizimi bilan bog‘liq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki o‘ttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barchamiz xabardormiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Lekin, buni bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Xalqimizga gaz kerak, ularning ko‘pchiligi ushbu gazdan foydalanish uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida halol qilib, to‘lab kelmoqda.

Hozirda 1 mingdan ziyod mahalla, jumladan Andijonda – 429 ta mahalla, Namanganda –180 ta, Farg‘onada – 142 ta, Toshkent viloyatida – 73 ta mahallada tabiiy gaz bosimlari pasaygan. Gaz eksportini qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdim. Buning hisobiga, kuniga 7–8 million metr kub gaz qo‘shimcha ravishda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltiriladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda davlat rahbari tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun samarasiz ishlayotgan 25 ta konni investorlarga “risk-servis kontrakt” shartlari asosida berish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq bergan.