Surxondaryo viloyatidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda 14 yoshli o‘smir Labo avtomobilini haydab ketayotganda YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

O‘smirning ma’lum qilishicha, u 14 yoshda va haydovchilik guvohnomasiga ega emas, avtomobil boshqarishni esa unga bobosi o‘rgatgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Qayd etilishicha, o‘smir 4R-102 avtomobil yo‘lining 42-kilometrida avtomobilni boshqarib ketayotganda YPX xodimlari tomonidan payqab qolingan va to‘xtatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Samarqandda 14 yoshli bola boshqaruvidagi Tracker YTHga uchrashi oqibatida haydovchining tengdoshi vafot etgandi.

От qwert.uz