Dengiz yulduzi der, jonivorlarga:
-«Koʼkdagi yulduzlar — qondosh bizlarga!».

Baliqlar boʼsh kelmay, gapni «tizadi»:
-«Qarangki, bulut xam — bizday suzadi».

Chivin der: — «Men uchib, koʼkni quchaman,
Burgut xam uchadi, men xam uchaman!».

Toshbaqa sudralib, dey oldi arang:
-«Quyosh xam — men kabi, dumaloq qarang!».

Manfaat koʼzlovchi — qarindosh serob,
Sizdan naf boʼlmagach — boʼlishar sarob!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz