«Qushning tabrigi» (sheʼr)

Bir kuni, baxor edi,
Bir novdada ikki qush.
Chugʼur-chugʼur sayrardi,
Xayolim boʼldi junbush.

Biri tinmas, chugʼurlab,
Qotib turardi biri.
Tushunmadim — fikrlab,
Ne ekan buning siri.

Oʼylab-oʼylab, soʼng birdan,
Bildim buning sirini,
Tugʼilgan kuni bilan,
Qutlabdi u yorini!…

-«Qutlasa — qutlabdi-da,
Shartmidi, sheʼr — shunchalik!»
-«Аyrimlar bu xayotda,
Emaslar shu qushchalik!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF