Yangi yil keldi yana,
(Nima qilsin kelmasdan?).
Bolalar changʼi, chana
Uchishar dam olmasdan.
Kim qorboʼron oʼynagan,
Qorbobo yasagan kim,
Kimdir sheʼrlar yod olgan,
(Sovgʼa uchundir, balkim).
Yana kimdir yozar xat,
Qorboboga tilagin.
U xam xal qilar albat,
Bilgach nima «keragin».
Eski yilga deb «xayr»,
Biz kuzatib qolamiz.
Yangi yilni xar safar,
Shunday kutib olamiz!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF