Kampir dedi, tutoqib:
-«Bir gap eshitdim bugun.
Necha «milyon» yil oʼtib,
Quyosh toparmish yakun!.

Yaxshiyam yoshimizni,
Yashab oldik, xayriyat!».
Chol der: -«Biz oʼzimizni,
Oʼylasak, boʼlar uyat!.

Lekin, noxaqsan, kampir,
Xudbin boʼlma, bu qadar.
Oʼsha davrda — axir,
Bizning avlodlar yashar!.

Shu sababdan, ikkimiz,
Qilaylik, yaxshi niyat,
Oʼsha avlodlarimiz,
Quyoshi boʼlsin, shoyad!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz