Qish kulsa, ogʼzidan toʼkiladi qor,
Xovridan yaxlaydi, daryo-yu anxor.

Baxoroy kulganda, isiydi kunlar,
Ogʼzidan toʼkilar turfa xil gullar,

Yoz kulsa, soyaga «berkinib» gullar,
Tap-taqir boʼladi, issiqdan choʼllar.

Lekigin, mevalar yetilib pishar,
Lazzatli bol misol boʼlib yetishar.

Kuz kulsa, moʼl boʼlar — meva, sabzavot,
Mexnat-la qiziydi, dalada xayot.

Xirmonlar yuksalar, xosilga «toʼyib»,
Daraxtlar barg toʼkar, oʼzin boʼsh qoʼyib.

Xar fasl kashf etar, oʼzgacha surur,
Fasllar kulgusi — moʼʼjiza erur!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz