Janubiy Yaman poytaxti Adan shahrida Saudiya Arabistonidan hukumat delegatsiyasi kelgan paytda aeroport zalida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Al Arabiya

Ma’lum qilinishicha, portlash oqibatida qurbon va yaradorlar mavjud. Mamlakatga kelgan delegatsiya tarkibidagi vazirlar portlash vaqtida samolyotda bo‘lgan va jarohat olmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Bundan avval Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Yamanda ikki haftalik sulh e’lon qilgandi.

Avvalroq Yaman hukumati va separatistlar yangi hukumat tuzishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz