Eron Tehron yaqinida Ukraina xalqaro aviakompaniyasining samolyoti qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlarning oilalariga 150 ming AQSh dollaridan to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters Eronning IRNA axborot agentligiga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Ma’lumot uchun, Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy 3-yanvar kuni AQSh havo kuchlari tomonidan Bag‘dod aeroportiga berilgan aviahujum oqibatida o‘ldirilgandi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.   Zarba AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga asosan berilgan. 8-yanvar kuni esa Eron unga javoban Iroqdagi Amerika bazasiga hujum qilgan.

Hujum vaqti raketalarning biri Ukraina xalqaro aviakompaniyasining Tehrondan Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyotiga tegib, uni urib tushirilgan. Samolyot bortida 176 kishi vafot etgan.

Eron darhol aviahalokatga texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytgan. Keyinchalik 11-yanvar kuni Eron mamlakat havo mudofaasi samolyotni operatorning xatosi tufayli urib tushirilganini tan oldi va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga kompensatsiya to‘lashini ma’lum qildi. Yanvar oyi oxirida Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif samolyotni tasodifan urib tushirgan askar qamoqda ekanini aytgan.

Eron hukumati 2020-yil iyul oyi oxirida qurbonlarning oilasiga tovon to‘lashga rozi bo‘ldi.

От qwert.uz