«Qay biri toʼgʼri?» (Xazil sheʼrlar — prikollar)
Dasturxon atrofida,
«Kattalar» yigʼilishib.
«Nimalar»ni xaqida,
Soʼzlashar, baxslashib.
Biz ularning gapiga,
Quloqni bersak, biroq,
-«Kattalar suxbatiga,
Solma» — deyishar — «quloq!».
Mayli, nima xam deymiz,
Lekin, baʼzan koyishar:
-«Nega quloq solmaysiz,
Kattalarga?» — deyishar!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF