Lofchilar (Sekin yurish baxsi…)

Qobil lofchi Sobir lofchiga maqtanib debdi: «Odam keksaygan sari shu qadar sekin yuradigan boʼlib qolarkanki, jiyanimning toʼyiga borgunimcha toʼy tugab, kelin — kuyovni «Аsal oyi» xam nixoyasiga yetgan ekan!» Sobir lofchi xam boʼsh kelmabdi: — «Yana xam siz sekin yurish bobida meni oldimda chaqqonroq ekansiz. Men xam oʼtgan yili doʼstlarimdan birining toʼyiga astoydil otlangan edim. Manzilga yetib borib, osh tortilganidan keyin — «Ikki yosh baxtli boʼlsin» deb duo qilsam, «Nabiramizni xam duo qilib qoʼysangiz» deyishsa boʼladimi! Keyin bilsam, men u yerga sudralib, yetib borgunimcha, nikox toʼyi tugab, ordan ancha vaqt oʼtib, ular nabiralik xam boʼlishibdi. Men tanovul qilgan osh toʼyning oshi emas, balkim, beshik toʼyining oshi ekanligi yetti uxlab tushimga xam kirmagan edi-da!» — deb oʼz soʼzlarini xayajon bilan yakunlabdi Sobir lofchi.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF