Ba’zan ko‘cha-kuyda itlarga xech qanday sababsiz xam toshlar otib ozor berish xolatlari uchrab turadi. Agar mana shu paytda itlar xam birdaniga tilga kirib ketsa, u nimalar degan bo‘lar edi:
Men bechora «bobopman»,
Ko‘rinishdan nobopman.
Xar zamonda «xur»sam xam,
Yuvosh bo‘lib yursam xam,
Tosh bilan «dangillatib»,
Ketishar «vangillatib».
Bular xam mayliku-ya,
«Itni bolasi» deya,
Meni qattiq so‘kishar,
Yo orqamdan tepishar.
Bular xam yetmay bizni,
Qimorni aytmaysizmi,
Pul tikib, urishtirib,
Tuproqqa qorishtirib,
Vaxshiylikku bu axir,
Bular bari bo‘lmag‘ur.
Aybim nima, bilmasam,
Uyingizni poylasam.
Insof bersin sizlarga,
Sabr-toqat bizlarga!