Faraz qilib ko‘ring, agarda bordi-yu xar-xil soxa vakillari va boshqalar bir dasturxonda birga o‘tirib qolishsa-yu, ularga faqat xaqiqatni gapirtiradigan choy ichirib qo‘yilsa, ular xammaning oldida «nimalar» deb «niyat» qilgan bo‘lur edilar:

TALABALAR:

«Kontraktlar narxi, yo‘l-kira narxi oshmasin, domlalar yo‘qlamani kamroq qilsin, stipendiya tez-tez ko‘tarilib, o‘z vaqtida berilsin!»

BOG‘ChA OPALAR:

«Tekshiruvchilar kamroq kelsin, bolalarga ko‘proq vaqt ajrataylik, kamroq g‘iybatlashaylik, mudira bilan xo‘jalik mudiriga insof bersin!»

MAKTAB O‘QUVChILARI:

«Kanikul ko‘proq bo‘lsin, domlalarni tez-tez ishi chiqib qolsin, 45 minut ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketsin, bitiruv kechasi ta’qiqlanmasin»

KUNDOShLAR:

«Kundoshimni yuziga tezroq ajin tushsin, sochlari qorday oqarib ketsin, oshxonadan beri kelmasin».

QASSOB:

«Suyaklarga «baraka» bersin, go‘shtni ko‘p yesa odamni qaritadi deydiganlar teskarisini gapirsin, tarozidagi sersuyak go‘sht xam mijozlarga taliq bo‘lib ko‘rinsin»

QIZLAR:

«Xayolimdagi shaxzodam oq otida kelishga vaqti bo‘lmasa, xech bo‘lmasa ijaraga olingan oq LASYeTTI da kelsin, nikox to‘yimiz kuni yog‘ingarchilik bo‘lmasin, dugonalarimni ichlari kuysin!»

OVSINLAR:

«Ovsinim tezroq uy olib, ko‘chib ketsin, bolasini tezroq bog‘chaga bersin — men bola-bog‘cha bo‘lish «baxti»dan qutulay, xar gal u bilan suxbatlashganimda ichimdagi qora niyatlarimni sezmasin, meni ayvonim uni ayvoni bo‘lmasin!»

IG‘VOGAR:

«Meni oldimda odamlar bilmasdan barcha sirlarini to‘kib solsinlar, yolg‘ondan yozganlarimni barchasi xaqiqatday tuyulsin, qalamimni uchi aslo o‘tmaslashmasin!»

XAYDOVChI:

«Avtomashinam xech xam buzilmasin, avtoservisga ishim tushmasin, DAN xodimi sira to‘xtatmasin, to‘xtatsa xam yonida test apparati bo‘lmasin!»

IChUVChI:

«Anavini narxi oshmasin, uyga gandiraklab qaytganimda «uchastkavoy» ko‘rmasin, yarim kechasi borsam xam uy eshigi ochiq bo‘lsin!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz