Ikki lofchi ayol uchrashib qolib, kimning qizini sochlari uzunligi xaqida baxslashishibdi. Ulardan biri debdi:
“Bilasanmi, meni qizimning sochlari shunchalik xam uzunki, dengizni u qirgʼogʼidan bu qirgʼogʼigacha xam bemalol yetadi. Аyniqsa yoʼldan adashgan kemalar qizimning sochi yordamida oʼz yoʼllarini topib olyaptilar”.
“Bilasanmi, meni qizimning sochlari shunchalik xam uzunki, dengizni u qirgʼogʼidan bu qirgʼogʼigacha xam bemalol yetadi. Аyniqsa yoʼldan adashgan kemalar qizimning sochi yordamida oʼz yoʼllarini topib olyaptilar”.
Ikinchi lofchi ayol xam, boʼsh keladigandarga oʼxshamasdi:
“Bu gapni menga aytganing ayni muddao boʼldi-da. Chunki, “Ginnesning rekordlar kitobi” dan joy olish maqsadida, qizimning sochlari bilan yer sharini ekvator boʼylab aylantirib chiqmoqchi boʼldik. Lekin, aksiga olib bir necha chaqirim qolganida, sochi yetmay qolsa boʼladimi. Oʼsha bir necha chaqirim yetmay qolgan joyga sening qizingni sochini ulab, foydalansak, nima deysan!…

«Kimning burguti katta?»

Uch lofchi uchrashib qolib, kimning burguti kattaligi xususida tortishib qolishibdi. 1-lofchi gap boshlabdi:
“Meni burgutim shunchalik kattaki, uning qanotlarini soyasi xovlimizni bemalol qoplab olishi mumkin”.
2-lofchi boʼsh kelmabdi:
“ Meni burgutim xam chakki emas, u qanotlarini yozganda naq bizning maxallamizga butunlay soya solishiga nima deysiz?!”
3-lofchi esa, jimgina oʼtirib, ikkala lofchidan tashqariga chiqib, xavoga bir qarab, soʼng qaytib kirishlarini soʼrabdi.
Ular shunday qilishib, xavo aylanib, osmonni qora bulut qoplaganini aytishibdi.
Shunda 3-lofchi kulib debdi:
“Oʼsha osmonni qoraytirib qoplagan narsa, qora bulut emas, balkim, mening burgutimni qanoti boʼladi!…”

«Kimning tovushi baland?»

?????????????????????????????????????????????????????????

Saodatli kunlardan bir kuni uch nafar lofchi uchrashib qolib, kimning tovushi baland, kim qattiq baqiradi deb baxslashib qolishibdi.
1-lofchi gap boshlab, debdi: “Men jaxlim chiqqanida shunaqangi qattiq baqiramanki, xovlimdagi barcha uylarimning deraza oynalari chil-chil boʼlib sinib ketadi!…”
2-lofchi esa, pinagini buzmay debdi:
“E, shu xam baqirish boʼldimi. Tunov kuni men baqirganimda maxalladagi xonadonlarning barchasini oynalari sinib ketsa boʼladimi. Ularni egalariga oynalarini toʼlab, zoʼrgʼa qutuldim!…”
3-lofchi xursinib, xomush oʼtirardi.
Sababini soʼraganlarida, u shunday javob qildi:
“Nimasini aytay, kecha esimda yoʼq sal qattiqroq baqirib yuborgan ekanman, bulut otadiganlar momoqaldiroq gumburladi deb oʼylab, doʼl yogʼmasin deb yoʼq bulutlarni toʼpga tutishibdi. Endi oʼsha xarajatlarni mendan undirib olishmoqchi boʼlishyapti. Shunga xomush oʼtiribman-da!…”

«Kimning oʼgʼli kompyuterda zoʼr»

Toshmat lofchi, Xolmat lofchi va Eshmat lofchilar uchrashib qolishib, kimning oʼgʼli kompyuter savodxonligi boʼyicha eng ilgʼor ekanligi borasida baxslashib qolibdilar.
Birinchi boʼlib, Toshmat lofchi gap boshlabdi:
“Bilasizlarmi, meni oʼgʼlim kompьyuterni shunaqangi yaxshi biladiki, maktabdagi oʼqituvchilari undan soʼrab, oʼrganishyapti”.
Xolmat lofchi xam boʼsh kelmadi:
“Meni oʼgʼlim xam kompьyuterga shunchalik ustaki, qoʼshni viloyatlardan kelib, undan soʼrab, kompьyuter boʼyicha oʼz savodlarini chiqarishmoqda!”
Eshmat lofchi esa bu paytda tinimsiz telefonda kim bilandir gaplashardi. Soʼngra u telefonini qulogʼidan olib, dedi:
“Xozirgina oʼgʼlim chet eldan turib telefon qilib, shogirdlariga salom aytishimni tayinladi. Shuning uchun oʼgʼlimning salomini shogirdlariga, yaʼni ikkingizning farzandlaringizga yetkazib qoʼyishingizni iltimos qilaman!”

«Kimning oti eng chopagʼon?»

Аxmad lofchi, Samad lofchi va Аbduraxmat lofchilar uchrashib qolishib, kimning oti eng chopagʼon deb baxslasha boshlabdilar. Birinchi boʼlib, Аxmad lofchi gap boshlabdi:
“Bilasizlarmi, meni otim shunchalik tez chopadiki, baʼzan uni shamol xam quvib yetolmaydi!”
Shunda, Samad lofchi xam boʼsh kelmay, gap boshlabdi:
“E, shu xam ot boʼldimi, meni otim shunaqangi uchqurki, koʼzingni yumib – ochguningcha, bir shaxardan ikkinchi shaxarga yetib borgan boʼladi”.
Аbduraxmat lofchi esa, bularning gapiga qoʼshilmay, bir chetda televizor koʼrib oʼtirardi.
“Ie, bu qanaqasi, Аbduraxmat lofchi? Nega baxsga qoʼshilmasdan, televizor koʼrib oʼtiribsiz?” – deb soʼrashibdi qolgan lofchilar undan.
Bir oz toʼxtalib turib, Аbduraxmat lofchi gap boshlabdi:
“Otim shunaqangi tez chopadiki, choptirib ketayotib, otdan bexosdan uchib ketdim. Otim esa, mensiz xam qattiq chopganligidan, yerimizni tortish kuchini yengib, osmonga uchib ketsa boʼladimi!Xozir televizor koʼrib oʼtirganligimni sababi, “Kosmosdagi yangiliklar”ni koʼrayotgan edim. Zora, kosmosda yurgan otim xaqida biron-bir yangilik bor boʼlsa deb!….”

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz