Nyu-Yorkning Rigo-Park dahasidagi kulrang olmaxonlar kutilmaganda odamlarda hujum qilishni boshladi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Singx oilasining ma’lum qilishicha, Shukronalik kunida hududda olmaxonlarning 20 ga yaqin hujumi qayd etilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     “Ular to‘satdan odamlarga hujum qilgan — oddiy sakrashdan tortib, tirnash va tishlashlargacha. Bu nima sababdan sodir bo‘layotganini bilmaymiz”, — deydi Vinati Singx.

Foto: Esquire

“Shuningdek, ular turmush o‘rtog‘imga, sobiq dengiz askariga hujum qildi. U tom ma’noda olmaxon bilan urushganini aytdi. U rostdan ham o‘zini haqiqiy jangdagidek his qilgan — erim sababsiz bunday demagan bo‘lardi”, — deydi Singx.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan suratlar va videolardan ko‘rish mumkinki, Rigo-Parkning ayrim aholisi qattiq hujumga uchragan, kemiruvchilar ularni tirnab tashlagan.

Foto: Esquire

56 yoshli Mishlin Frederikning mahalliy ABC7 telekanaliga ma’lum qilishicha, 21-dekabr kuni unga olmaxon hujum qilgan. “Olmaxon oyog‘imga yugurib kelganini his qildim. Shunda, ‘yaxshi, olmaxon salom’ deb o‘yladim. Biroq keyin u bo‘ynimga chiqa boshladi, unga qo‘l uzatganimda qafasdagi jangga o‘xshash holat yuzaga keldi. Olmaxonga farqi yo‘q edi — u shunchaki qonsiragandek ko‘rinardi”, — deydi Frederik.

Nyu-York Sog‘liqni saqlash va ruhiy gigiyena departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda olmaxonlar orasida quturish holatlari qayd etilmagan.

От qwert.uz