Dunyodagi xar narsa,
Oʼz oʼrniga egadir.
Аyrim narsalar esa,
Baʼzan jonga tegadir.

Televizor masalan,
Serial erta-yu kech.
Ularni koʼrgan bilan,
Tugamaydi ular xech.

Doim ishdan qoʼyadi,
Ishlarim chala — yarim…
…Ie, soat nechadir?
Boshlabdi serialim!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz