Toshkent shahri Yashnobod tumanida xizmat Lacetti’sining boshqaruvini yo‘qotgan YPX xodimi daraxtga borib urildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

9-yanvar kuni soat 00:20 larda Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasida haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi O.I. Lacetti rusumli, 01 661 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan”, — deyiladi xabarda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ta’kidlanishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchiga “yalingan” YPX xodimi ishdan olingani hamda Qashqadaryoda fuqarolarni so‘kkani aytilayotgan YPX inspektoriga hayfsan berilgani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz