Yumshoqqina pankeyklar oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi tabiiy. Ayniqsa, ular tez fursatda dasturxonda hozir bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Glamour
Kerakli mahsulotlar:
- Un – 150 gramm;
- Qabartma (razrixlitel) – 7 gramm;
- Sariyog‘ 82,5 foizli – 30 gramm;
- Qaymoq 22 foizli – 215 gramm;
- Tuxum – 1 dona;
- Asal – 35 gramm;
- Vanilin – 4 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
Barcha masalliqlar tayyorlab olinadi.

Foto: Glamour
Bir idishga un va qabartma solib, aralashtiriladi. Ikkinchisiga sariyog‘ eritilib, qaymoq, tuxum va vanilin bilan aralashtiriladi.

Foto: Glamour
Massalar aralashtirilib, suyuq xamir holiga keltiriladi.

Foto: Glamour
Tova olovda qizdiriladi. Qandolat qopchasi yordamida xamirlar 20 millimetr aylana shaklida tovaga quyiladi.

Foto: Glamour
Pankeyklar yuzasida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan ikkinchi tarafga o‘girilib, 2 daqiqa pishiriladi.

Foto: Glamour
Pankeyklar tayyor, yoqimli ishtaha!

Foto: Glamour