«Insof bersin» (sheʼr)

Qoʼngʼir ayiq — oq ayiqdan soʼrabdi:
-«Nega seni ranging oq, menchi — qoʼngʼir?».
Oq ayiq xam, shunday javob qilibdi:
-«Oq rang menga — xavfdan ximoya axir!».

-«Unda aytchi, doʼsting kim, dushmaning kim?»,
-«Insonlardir — xam dushmanim, xam doʼstim!».
-«Аdashyapgandirsan xozir sen balkim?»,
-«Yoʼq, yoʼq, aslo, aytsam men gapning rostin,

Turlichadir dunyodagi insonlar.
Barobarmas — beshta panja qaralsa,
Biri bizni xavfdan asrab, qoʼriqlar,
Qoʼlda qurol, ovlaydi biri esa!.

Xayot oʼzi, shunday barpo etilgan,
Oʼxshab ketar — u kattakon «kema»ga.
Birgalikda suzmoq — qismat bitilgan,
Mayli, faqat — insof bersin, xammaga!…

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF