Mazali taom tayyorlashni istagan, ammo vaqti kam bo‘lganlar uchun mazali yeguliklar retsepti bilan bo‘lishamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy Ochag”

Tez tayyor bo‘ladigan pechenye

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • jigarrang shakar — 50 gr;
  • maydalangan dolchin — 1 choy qoshiq;
  • sariyog‘ — 4 osh qoshiq;
  • lavash xamiri — 2 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Lavash xamirini metall qolipchalar bilan kesib oling.
  • Ikki tarafiga ham sariyog‘ surting.
  • Shakarga dolchinni qo‘shing va lavash xamiri ustiga yaxshilab sepib chiqing.
  • 175 daraja qizigan pech ichida 10 daqiqa davomida pishirib oling.

Mazali va foydali chips

Kerakli mahsulotlar:

  • lavash xamiri — 1 dona;
  • tuz — bir chimdim;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • quritilgan sarimsoq kukuni — bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Uchburchak shaklda kesib olingan lavash xamiri ustiga o‘simlik yog‘i surting.
  • Tuz va ziravorlarni seping.
  • Orqa tarafiga ham xuddi shunday qilib surtib chiqing.
  • 200 daraja qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Chipsni mazali souslar bilan birga iste’mol qiling.

Mini pitssa

Kerakli mahsulotlar:

  • lavash xamiri — 1 dona;
  • tomat sousi — 1,5-2 osh qoshiq;
  • pishloq — 100 gr;
  • kolbasa — 100 gr.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Lavash xamirini qaychi yoki kichik metall qoliplar yordamida dumaloq shaklda kesib oling.
  • Tomat sousi surting.
  • Kolbasa qo‘ying.
  • Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq surting.
  • 175 daraja qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz