Bu kabi mazali taomni faqatgina bayramlarda emas, balki kechki ovqat uchun ham tayyorlab ko‘rish tavsiya etiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qo‘y oyog‘i — 1800—2200 gramm;
  • kartoshka — 1300 gramm;
  • zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • sarimsoq — 5 bo‘lak;
  • piyoz − 1 dona;
  • suv — 500 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Go‘sht uchun:

  • sarimsoq — 15 bo‘lak;
  • limon — 2 ta;
  • zaytun yog‘i — 125 ml;
  • oregano kukuni — 1 soh qoshiq;
  • yalpiz kukuni — 2 osh qoshiq;
  • qalampir kukuni — 1 osh qoshiq;
  • yong‘oq yog‘i — 1/2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • sarimsoq tozalanib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Limon sharbati va barcha ziravorlar bilan birgalikda blender yordamida aralashtiriladi;
  • go‘shtning 7—10 joyi chuqur teshilib, tuz va qalampir surtiladi. Suyak temir panjara ustiga, pechning yuqori qismiga 250 darajada 5—7 daqiqaga qo‘yiladi. Birozdan so‘ng go‘sht aylantiriladi;
  • go‘sht pechdan olingach, 160 darajaga tushiriladi;
  • sarimsoq, kartoshka va piyoz tozalanadi. Katta bo‘laklarga bo‘linib, tuz va ziravorlar sepiladi;
  • biroz sovigan go‘shtga sarimsoq va yuqorida tayyorlangan ziravorli aralashma solinadi. Pech idishiga o‘rta qismiga qo‘yiladi va panjara ustidan go‘sht, atrofiga esa kartoshka va piyoz bo‘laklari qo‘yib chiqiladi. Usti folga bilan yopiladi;
  • pech qolipiga esa suv quyiladi. Go‘sht bir soat mobaynida pishiriladi, so‘ngra ustidan folga qog‘ozi olinib, yana 15—20 daqiqaga qo‘yiladi;
  • dasturxonga tortishdan avval go‘sht biroz sovitiladi va ko‘katlar bilan bezak beriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz