O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 34,5 million kishini tashkil etmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko‘paygan. Aholining o‘sish sur’ati 101,9 foizga teng bo‘ldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Qayd etilishicha, mamlakat aholisi har oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga ko‘paygan. 2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

От qwert.uz