Nogaxon avtobus, silkinib birdan,
Yana davom etdi, manzili sari.
Lekin ajablanmas, xech kim bu xoldan,
Goʼyo oʼtkinchiday, bularning bari.
Turli yoʼlovchilar joy olgan bunda,
Barida oʼzgacha, oʼylar — tashvishlar.
Аvtobus manzilga yetib borganda,
Barcha «tashvish»larni bekatga «tashlar».
«Tashvish»dan boʼshagan avtobus arang,
Ogʼir «uf» tortadi, oʼtib bir chetga.
-«Men zoʼrgʼa bir soat — chidadim qarang,
Qoyil insondagi chidam — sabotga!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
