Jarrox xuzuriga keldi bir kampir,
Ogʼriqni zoʼridan qilolmas sabr,

Qornini changallab, qilardi «voy-voy»,
(«Koʼrichak» boʼlgandir buvi xoyna-xoy!).

Jarrox der: -«Buvijon, avvalo uzr,
Bu yerga kim bilan keldingiz xozir?».

(«Kim bilan kelganim — farqi nimadir!»),
-«Umid bilan keldim, bu yerga axir!».

-«Biz xam umidingiz — oqlaymiz albat,
Lekin kim «qarovchi» — aytsangiz faqat?».

-«Endi qornim qolib, ogʼritding boshim,
Umidjon — nabiram, porloq quyoshim!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz