Qaytdi yigit xarbiy xizmatdan,
«Medal» bilan toʼldirib koʼksin.
Sogʼinch xissi toshib yurakdan,
Qoʼngʼiroqning bosdi tugmasin.
Shu payt uning qoʼshni xovliga,
Koʼzi tushib oʼzgardi darrov.
Nazar soldi bir-bir atrofga,
«Sezmadimi» degandek birov.
Yashar edi bu yerda uning,
«Ilk muxabbat» degan gʼunchasi.
Ikkovlashib visol qoʼshigʼin,
Kuylashgandi qancha-qanchasin.
Ular uchun sevimli goʼsha
Edi bitta kattakon chinor.
Xa. turibdi,bu chinor — oʼsha,
Turar magʼrur, toʼkkancha viqor.
Bildi faqat ertasi turib,
«Muxabbati» begona endi.
Qoʼshni qizdan — xotira boʼlib,
Faqat, oʼsha — chinor qolgandi!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
