Yillar oʼtib, uchrashdik yana,
Koʼzlar-koʼzga toʼqnashdi yana.

Nigoxingdan nelar taralar,
Yangilanib eski «yara»lar.

Lekin endi qaytmas u kunlar,
Qaytmaydi u sexrli tunlar.

Biz uchrashdik, bu safar — gulsiz,
Tikilamiz uzoqdan — unsiz.

Shu payt keldi, farzanding chopib,
Uni quchding, yuzidan oʼpib.

Barin goʼyo unutgan eding,
Sekingina — «Yaxshi qol!» deding.

Toʼrt-besh qadam bosgandim, shu payt,
Ismim aytib, deding: -«Ortga qayt!».

Men qayrilib, «Xa!» dedim. lekin,
Oʼgʼling «Xa» deb, ulgurgan ekan!.

Shu tariqa, qalbim «kaltaklab»,
Ketding asta — oʼgʼling yetaklab!…


Shundan beri, oʼtdi koʼp yillar,
Esdi qancha daydi shamollar,

Keksalikning gashti yoʼlimda,
Sochlarim oq, xassa qoʼlimda,

Ne ajabki, uchrashmasak xam,
Yangilanar, xar zamon «yaram»!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz