Maxallangda koʼrdim barno yuzingni,
Buncha mendan olib qochding oʼzingni.

Xurkak oxu kabi boʼlib negadir,
Qarashlaring meni yerga egadir.

Xushtagimga sira parvo qilmaysan,
Derazangga kesak otsam, bilmaysan.

Xat bergandim bolachalar qoʼliga,
Irgʼitibsan uni pechka toʼriga.

Muxabbatim — chinakam deyman, ishon,
Chunki ogʼrir — mana bu yerim, xamon.

Ie, yurak bu yerdamasmi, uzr,
(Shunga kulganmiding, sen qilib xuzur).

Kecha meni shilqim deding yuzimga,
Ishonmasdan qalbdan aytgan soʼzimga.

Telefon raqamim doim «chyorniy»da,
Boshqasi boʼlsami — seni oʼrningda…

Xa, mayli, men — oʼz axdimdan qaytmayman,
(Bir tarsaki tushirganing — aytmayman!)…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz