O‘zbekistonda karaoke va bilyard zallari faoliyatiga yana ruxsat berildi. Bu haqda mamlakatga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Shuningdek, hujjat bilan Damas rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashishga ham ruxsat berilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Hujjatning 6-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida Sanitariya qoidalar, normalari, gigiyena normativlariga va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat’iy rioya etgan holda Damas rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish, karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil 5-sentabrdan teatr, kinoteatr, attraksionli bog‘lar faoliyatiga va juma namozlari o‘qilishiga ruxsat berilgan, yo‘nalishli taksilar faoliyati qayta tiklangan, bolalar bog‘chalari qayta ochilishiga ruxsat etilgandi. Shu bilan birga, to‘yxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatini taqiqlanib kelayotgandi. 2020-yil oktabr oxirlarida O‘zbekistonda 1-oktabrdan to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘lgan edi.

От qwert.uz