Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 27-yanvar kuni O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Suyakli mol go‘shti 45 ming so‘mdan 66 ming so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm suyakli mol go‘shtining minimal narxi (45 ming so‘m) Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Namangan shaharining “Namangan chorsu dehqon universal bozori” va Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori” rastalarida qayd etilgan. Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da kuzatilgan.

Qo‘y go‘shti 48 ming so‘mdan 78 ming so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (48 ming so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (78 ming so‘m) kuzatilgan.

Kartoshka 2800 so‘mdan 6000 so‘mgacha (kilogramm)

Kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (2 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (6 000 so‘m).

Piyoz 1200 so‘mdan 3500 so‘mgacha (kilogramm)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (1 200 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (3 500 so‘m).

Sabzi 1000 so‘mdan 4000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 000 so‘m) kuzatilgan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (4 000 so‘m).

Tuxum 7 000 so‘mdan 15 ming so‘mgacha (10 dona)

Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da qayd etilgan (7 000 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”larida kuzatilgan (15 ming so‘m).

Guruch 5 000 so‘mdan 18 ming so‘mgacha (kilogramm)

Guruchning minimal narxi Nukusning “Nukus dehqon bozori”, Termizning “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa Toshkentning “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (18 ming so‘m).

O‘simlik yog‘i 11 ming so‘mdan 19 ming so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘ining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 11 ming so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 19 ming so‘m) kuzatilgan.

Shakar 6 500 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kilogramm)

Shakarning minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (6 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”da (8 000 so‘m) kuzatilgan.

Narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi va ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.

От qwert.uz