Dubayga 32 yoshli ayolni fohishalik qilish uchun yuborayotgan egizaklar ushlandi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 26-yanvar kuni 32 yoshli Nilufar Y. Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Arizachi unda Fotima va Zuhra ismli shaxslar, 2021-yilning 3-yanvar kunidan to 27-yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Nilufar Y.ga Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilganliklarini bayon qilgan.

Qayd etilishicha, egizaklar Nilufar Y.ni Dubayga borish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni tayyorlab, 27-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani 4-sonli IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Fotima B. va Zuhra I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “e” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda egizaklarni muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, fuqarolarni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinish ta’minlanishi ta’kidlangan.

Avvalroq Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani, Qo‘yliqda fohishalik qiluvchi ayol mijoz sifatida kelgan erkakning telefoni va 500 dollarini tunab ketgani hamda Toshkentda 28 yoshli ayolni Dubayga fohishalik qilish uchun yuborayotgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz