
«Itni bolasi» deb. soʼkishdi bugun,
Borliq «obroʼyim»ni toʼkishdi bugun.
(Xa, kulmang, itda xam — obroʼ boʼladi,
«Oxirgi kulganga — omad kuladi!».)
«Bekajon» boshladi — endi «aza»ni,
Bor-yoʼgʼi sindirdim — qimmat vazani.
Ishoning qilmadim, men buni qasddan,
Turtib yuboribman — uni bexosdan.
Quvlashib ana bu — «Tom» bilan bir oz,
Oyoqni chigilin, yozgandik xolos!…
Men xam «Kesha» kabi, osaman oʼzim,
Yolgʼon aytmayapman, meni chin soʼzim.
Jonni qurbon qilsam, foydasi bormi?,
Naxot men sigʼmayman — bu dunyo tormi?.
…Yaxshisi «bekajon» — soʼrasin uzr,
Suyakdan keltirsa, qilayin xuzur!
Yana uy poylayman — gapning sirasi,
(Vaza sindirishdan — oʼzi asrasin!…)
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF