Dubay hukumati Yer orbitasidagi tijoriy nizolarini hal qilish uchun kosmik sud tashkil qilmoqchi. Bu haqda Dubay Xalqaro moliya markazi ma’lumotiga asoslanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: NLC

2021-yilda Dubay Xalqaro moliya markazi (DIFC) va Dubay Kelajak Jamg‘armasi (DFF) sudlari kosmik sudni amalga oshirish bo‘yicha “Kelajak sudlari” nomi ostida yangi tashabbus ko‘rsatadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yangi orbital sud xususiy kompaniyalarning kosmik faoliyatiga, xususan, Yerga yaqin orbitadagi qurilmalarning to‘qnashuvi hamda sun’iy yo‘ldoshlarni sotib olishdagi kelishmovchiliklarni hal qilishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Ushbu qarorga BAAning so‘nggi yillarda kosmik sohada erishgan yutuqlari asos bo‘lmoqda.

Avvalroq SpaceX kompaniyasi 2021-yilning oxiriga qadar to‘rtta sayyohni orbitaga yubormoqchiligi xabar qilingandi.  Amerikalik milliarder Jared Ayzekman SpaceX’ning orbitaga xususiy parvozi pulini to‘lagan. Ekipajning bir a’zosi lotereya orqali aniqlanadi.

От qwert.uz