AQSh prezidenti Jo Bayden migratsiyaga oid bir nechta farmonlarni imzolaydi. Bu haqda 2-fevral kuni Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotnomaga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: The Washington Post

“Bugun administratsiya immigratsiya tizimini tiklash va mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni e’lon qiladi”, — deyiladi xabarda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Xususan, Bayden administratsiyasi Donald Tramp prezidentligi davrida ayrilgan migrantlar oilalarini birlashtirish uchun ishchi guruh tuzishga topshiriq berdi. Shuningdek, boshpanalarning adolatli tizimini yaratish va AQSh janubiy chegarasidagi tartibga solinmaydigan migratsiya muammosini hal qilish strategiyasini ishlab chiqish topshirilgan.

Axios axborot portalining yozishicha, ushbu farmonlar bilan Bayden sobiq prezident Tramp tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilib, migratsiya siyosati yo‘nalishini o‘zgartira boshlaydi.

“Tramp administratsiyasining chegaradagi siyosatda tartibsizlik, shafqatsizlik va chalkashliklarni keltirib chiqardi. Bugun Bayden va Xarris avvalgi administratsiya tomonidan amalga oshirilgan eng talafotli choralarni bekor qilishni boshlaydi”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Bayden prezidentlikning birinchi kuniyoq Trampning eng bahsli farmonlarini bekor qildi. Xususan, musulmon mamlakatlar aholisi uchun cheklovni olib tashladi, Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatdi, AQShga ba’zi nochor mamlakatlar fuqarolarining kirishiga ruxsat berdi.

От qwert.uz