Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishi okeanlardagi suv sathining ilgari taxmin qilinganidan tezroq ko‘tarilishiga olib keladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Yandex

Ocean Sciences jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, avvalgi prognozlarda okean sathining ushbu asr oxiriga qadar 1,1 metrdan oshishi kutilmagan edi. Biroq Kopengagen universiteti va Byerknes nomidagi Norvegiya iqlim tadqiqotlari markazining olimlari tomonidan olib borilgan yangi hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, Yer Selsiy bo‘yicha atigi yarim daraja isiganida, okeanlar sathi yarim metrga ko‘tariladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     2 daraja qiziganida esa bir metrdan oshadi. Asr oxirlarida Yerdagi harorat 4 gradusdan oshishi kutilmoqda.

Suv sathi ko‘tarilishining oqibatlari qirg‘oqlarda yoki past tekisliklarda yashovchi dunyo aholisining uchdan ikki qismiga tahdid soladi. Bunday falokatni oldini olish uchun tadqiqot mualliflari issiqlik gazi chiqindilarini yanada keskin kamaytirish zarurligini ta’kidlamoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti uglerod iste’molini kamida yana 200 milliard tonnaga kamaytirishi kerak.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish iqlim o‘zgarishi oqibatida oxirgi 10 yil ichida butun dunyoda 410 mingdan ziyod aholi tabiiy ofatlar qurboni bo‘lganini ma’lum qilgan.

Braziliyada ayrim tropik o‘rmonlar karbonat angidrid gazini yutish o‘rniga ajratishni boshlagan. Grenlandiyada esa eng katta muzlik bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu muz bo‘lagining ajralishi iqlim o‘zgarishi juda tez yuz berayotganidan darak beradi.

От qwert.uz