(Noshud er — baliq oviga chiqqanda!…)

Ozib-yozib chiqdim baliq oviga,
Ovning gashti tortar axir domiga.
Chuvalchangni xoʼrak qilib, qaqshatib,
Uloqtirdim, qarmogʼimni oʼxshatib.
Chuvalchangni tortqilab, yeb baliqlar,
Koʼrsatdilar menga turfa qiliqlar.
Yangiligim bilgan baliqlar qarang,
Qarmogʼimga ilinmay qilar tarang.
Yo biror kim koʼrsatmadi yoʼl-yoʼriq,
Xullas kalom ovdan qaytdim qoq-quruq.
Uyga kelsam, xotin soʼradi kulib,
-«Baliq-maliq tutdingizmi ishqilib?».
Javob qildim, shunda: -«Baliqlar bugun,
Toʼyga ketibdilar, boshida tugun!».
Xotin kular: -«Voy dadasi, chekmang gʼam.
Ovga borgan ekan, qoʼshni Аdxam xam,
Oʼsha tutgan baliqlar tilga kirib,
Gapingizni «tasdiqladi», gapirib!»…

Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF