-«Qani aytchi malikam,
Oʼychan turibsan, nega?
Senga qoʼyurman yelkam,
Ne muammo, ayt menga!

Kim boʼlsa xam, xoziroq,
Burdalab tashlagumdir!».
Malika oʼychan biroq,
Gapirmas nimagadir.

Soʼng dedi: «Qoʼshni yurtning,
Shaxzodasi yoqadi!
Lekin nigoxi uning,
Boshqalarga boqadi.»

Yoʼlbars koʼrsatib kuchin,
Der: -«Qudratda yolgʼizman,
Lekin xis-tuygʼu uchun,
Kurashmoqqa ojizman!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz