Jajji qoʼllarini bolakay,
Qoʼyib birdan, kattakon qoʼlga,
Ota kaftin, chim-chilab atay,
Soʼngra uni, tutdi savolga:

-«Katta boʼlar, qachon qoʼllarim?,
Qachon men xam, sizga yetaman?
Tutashadi, qachon yoʼllarim?
Qachon balogʼatga yetaman?».

Ota kuldi, maxzun va oʼychan,
Farzandiga dedi, termulib:
-«Sabr qilsang, albat yetasan,
Qoʼl silkiyman, ortingda qolib!».

-«Yoʼq, otajon, qolmaysiz ortda,
Oʼzgarmaydi qalbdagi mexrim,
Sizni tutib mana shu kaftda,
Eʼzozlagum boricha umrim!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz