-«Jiyan, qalay tinchmisan?,
Buncha boʼlmasang xursand!

Yoʼl olding qayga shu payt,
Bemaxalda yurma, qayt!».

-«Uchrashuvim bor xozir,
Shunga togʼajon, uzr!».

-«Ie, yoʼqsa — qani gul?».
Yoki gulga yoʼqmi — pul

-«Boshqacha bu uchrashuv,
Yaʼni — bu bir tanishuv.

Uchrashuvda qizlar yoʼq,
Koʼnglingizni qiling toʼq.

U yerda tadbirkorlar,
Biznesmenlar — xamkorlar!

Togʼajon, endi xullas,
«Eskilik»ni qiling bas.

Yangicha fikrlaylik,
Bu — barchaga qulaylik.

Maqsad — katta daromad,
Togʼajon — tilang omad!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz