Unda-bunda qorning «qoldigʼi»,
Sal-pal erib, qiladi «yigʼi».

Qordan xalos boʼlgan daraxtlar,
Birin-ketin — qaddini rostlar.

Bolajonlar uyga «qamalmay»,
Tashqarida oʼynashar tinmay.

Qariyalar sudrab xassasin,
«Toʼldirishar» yana supasin.

Qushlar sayrar, navbat talashib,
Kuzgi barglar — yotar qalashib.

Nimagadir entikar yurak,
Bu barchasi — baxordan darak!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz