Shoʼx shumtaka bolaga,
Savol berdilar kulib:
-«Etganingda voyaga,
Yetishasan kim boʼlib?».

Javob qildi albatta,
Bola bir oz turib, jim:
— Boʼlganimda men katta,
Biling. boʼlaman — «xech kim»!».

Deyishdi: -«Juda xam soz!»,
Kattalar javob qilib,
— «Xech kim» boʼlganing bois,
Yashaysan «xech kim» boʼlib.

Jamiyat uchun sendan,
Naf boʼlmagach ilojsiz,
«Izsiz» ketasan chindan,
Dunyodan — nomsiz, esiz…!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz