Quyon oʼrmon chetida,
Dissertatsiya yoqlardi.
Qolgan xayvonlar unga,
Xavas bilan boqardi.
Shunda boʼri soʼrabdi,
Ilmiy ishning temasin,
Quyon javob qilibdi,
Shunday deya chamasi:
«Ilmiy ishim toʼgʼrisi,
Bagʼishlanar boʼriga,
Quyonlar boʼri goʼshtin,
Tashlar tomoq toʼriga!»
Boʼrini jaxli chiqib,
«Isbotla, gapingni» — der,
Quyon der asta kulib,
«Isbotmi? Ortimdan yur!»
Gʼorga kirib, ikkovlon,
Bir muddat qolib ketdi.
Quyon chiqdi bus-butun,
Boʼri yoʼqolib ketdi.
Bu xolat takrorlandi,
Kelgach ayiq, tulkilar.
Ular xam boʼri kabi,
Gʼorda qolib ketdilar.
Oʼrmondagi xayvonlar,
Bundan xayron qoldilar.
Barchalari birlashib,
Gʼor ogʼziga bordilar.
Qarashsa, gʼor ichida,
Savlat toʼkib, turar sher.
Demak, ilmiy ish emas,
Ilmiy raxbar muximdir!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz