Koʼchadan Shodi piyon,
Kelar uyi tomonga.
Gandiraklab xar tomon,
Lek oʼxshamas yomonga.


Xushi bor-yoʼq oʼzida,
Oʼziga savol berar.
Nega kayfi borida,
Barcha yuzin oʼgirar!


Oʼzi topdi javobni,
Savolni oʼzi berib.
Bu kasofat aroqni,
Soʼng tashladi sindirib!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz