Farzandlar kelajagin,
Tashvishida goxida,
Suxbat qurar er-xotin,
Dasturxon atrofida.

Eri deydi: “Oʼgʼlimiz,
Uylansa-yu, tinchisak”.
Xotini der:”Qizimiz,
Boʼy choʼzibdi, qarasak”.

Ikkovlon tuzib reja,
Farzandlarini oʼylab,
“Farz”ni ado etishsa,
Ularni uylab-joylab!

Lekin bitta narsa kam,
Unutdilar chamamda.
Farzandlar baxtini xam,
Oʼylash kerak bir yonda.

“Etti oʼlchab, bir kes” der,
Xalqimizda aqida.
Oʼylab-joylashdan burun,
Qaygʼuring baxt xaqida!

Аvval bering ularga,
Xunar, ilm va aql,
Turmush qurgach, xayotda,
Yashash uchun mustaqil!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz