Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning oltinchi nevarasi, York malikasi Yevgeniya o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmatiga tayanib “RBK” xabar berdi.

Foto: AFP

“Bu malika Yevgeniya va Jek Bruksbenkning birinchi farzandi, York gersogi va gersoginyasi Saraning birinchi nevarasi, shuningdek, qirolicha va Edinburg gersogining to‘qqizinchi evarasi”, — deyiladi xabarda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Chaqaloqning vazni 8 funt va 1 unsiya (taxminan 3,6 kilogramm). Malika va chaqaloq o‘zini yaxshi his qilyapti.

Malikaning turmush o‘rtog‘i Jek Bruksbenk angliyalik tadbirkor. Juftlik 2018-yil turmush qurgan. Malika bilan turmush qurganiga qaramay, Bruksbenk graf maqomini olmagan.

От qwert.uz