Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—dekabr holati uchun 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 49 tani tashkil etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2010-yilda 21 ta, 2015-yilda esa 42 tani tashkil etgan.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta televizor va mobil telefonlar to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors dilerlarida yangi dasturiy ta’minotga o‘tilayotgani sababli Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to‘xtatilgan.

От qwert.uz