Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba karantindan voz kechish tufayli amalga oshganini aytdi. Bu haqda vazirning matbuot anjumanida bergan bayonotiga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

Jamoliddin Abdullozoda

Foto: Asia-Plus

“Rivojlangan mamlakatlarda odamlar karantinda yashadi. Cheklovlar bekor qilingach, uydagi bemorlar ko‘chaga chiqib, kasallikni boshqalarga yuqtirdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Tojikistonda shifokorlar uy sharoitida o‘zini izolyatsiya qilish imkoniyatiga ishonch hosil qilish uchun bemorlarning uyiga bordi”, — deya izohlagan sog‘liqni saqlash vaziri.

Abdullozoda, shuningdek, yaqinda muzokaralar olib borgan Rossiya Iste’molchi huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati  — “Rospotrebnadzor” mutaxassislarining Tojikistondagi epidemiologik vaziyatni baholash va chegaralar ochilishi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun mamlakatga qachon kelishi haqidagi savollarga javob berdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Rospotrebnadzor” mutaxassislari tojikistonliklarning iltimosiga asosan, Rossiya hukumatidan buyruq olganidan keyin keladi.

“Tojikistonda 2020-yil 31-dekabrdan beri koronavirus infeksiyasiga oid yangi holatlar qayd etilmagan”

“Baxtimizga, 2020-yil 31-dekabrdan beri Tojikistonda koronavirus infeksiyasiga oid yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan. Pandemiya boshlanganidan beri 13 308 nafar COVID-19’ga chalingan bemor ro‘yxatga olingan, ulardan 99,3 foizi tuzalgan, virus qurbonlari soni 90 kishini tashkil etgan”, — degan Jamoliddin Abdullozoda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya paytida bemorlarning aksariyati So‘g‘d viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 4300 kishi. Dushanbe ikkinchi o‘rinda — 4100 kishi. Shuningdek, Xatlon viloyatida — 1,5 ming, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida 1196 ta virus yuqtirish holati qayd etilgan.

“Koronavirus bilan kasallanganlarni davolash mutlaqo bepul”

Abdullozoda mamlakatda koronavirusni davolash mutlaqo bepul ekanligini ta’kidladi. Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar nafaqat shifokorlarning tezkor guruhi nazorati ostida bo‘lgan, balki davlat hisobidan bepul dori-darmonlarni ham olgan.

“Ishonch bilan aytishim mumkinki, 2020-yil 5-maydan boshlab COVID-19 bilan kasallanganlar uchun davolanish mutlaqo bepul. Ularga Sog‘liqni saqlash vazirligi omboridan dori-darmonlar berildi, hozirda omborda 103 million somoniy miqdoridagi barcha kerakli dori-darmonlar mavjud, shuningdek, vazirlik yangi dori-darmonlarni sotib olish uchun yana 200 million somoniydan ko‘proq, tibbiy muassasalarni ta’mirlash uchun 15 million somoniy ajratgan”, — deya davom etdi vazirlik rahbari.

“Aholining 80 foizini emlash kerak”

Tojikiston hukumati qaysi vaksinani — Yevropa yoki Rossiya vaksinasini afzal ko‘radi, degan savolga vazir shunday javob berdi:

“COVAX dasturi doirasida emlash Tojikiston aholisining 20 foizi (1 million 800 ming kishi)ni qamrab oladi. Rossiya vaksinasiga kelsak, biz u bilan 5 million 840 ming kishini emlaymiz. Umumiy hisobda, biz 6 million 714 ming kishini — aholining 80 foizini emlashimiz kerak bo‘ladi. “Sputnik V” vaksinasini sotib olish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, AstraZeneca vaksinasini esa bepul olamiz”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AstraZeneca vaksinasi 732 ming dozada fevral—mart oylarida Tojikistonga yetib keladi.

Avvalroq, 2021-yilning 13-yanvar holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan bironta bemor qolmagani haqida xabar qilingandi. Mamlakat prezidenti Emomali Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini ma’lum qilgan.

От qwert.uz