Sitsiliyada Etna vulqoni otildi, deb yozadi Meduza. Vulqon 1 kilometrdan ortiq balandlikka kul otmoqda. Kul hamda hosil bo‘lgan tutun sababli uning yaqinida joylashgan Kataniya aeroporti o‘z ishini to‘xtatgan.

Foto: Global Look Press

Hukumat yaqin orada joylashgan aholi punktlarida yashovchilar uchun vulqon otilishi xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Ayni paytdagi holatdan kelib chiqib, xavotir olmasa ham bo‘ladi, manzaradan bemalol zavqlanish mumkin”, — dedi Geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti mutaxassisi Marok Neri.

Etna — Yevropadagi eng yirik uyg‘oq vulqon bo‘lib, so‘nggi yillarda u bir necha oyda bir marta otilmoqda. Odatda vulqon otilishlari hech qanday vayronagarchiliklarga olib kelmaydi. Etna vulqoni qiyaliklarida ko‘plab kraterlar joylashgan, ular orasida uyg‘oq va faollari ham bor. Vulqon uyg‘onishiga 2,9—3 km chuqurlikdagi yer silkinishlari sabab bo‘lgan. Natijada mahalliy vaqt bilan 16-fevral 16:10 (Toshkent vaqti bilan 20:10)da vulqon faolligi osha boshlagan. Vulqonning balandligi 3328 metrga teng.

Etna vulqonining kuchli otilishi so‘nggi marta 2019-yil iyulida yuz bergan va o‘n kundan ortiq davom etgan edi.

От qwert.uz